Murojaat qilish tartibi

 

Hurmatli foydalnuvchi!

O‘zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ariza, taklif, shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Siz ham Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘z murojaatingizni quyidagi usullar bilan yo‘llashingiz mumkin:

- pochta xizmati orqali yuborish (Manzil: Toshkent sh., Yunusobod t., Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 4-uy. indeks 100084);

- vazirlikka tashrif buyurib, shaxsan taqdim etish, shuningdek:

- to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron (E-mail: info@fvv.uz) shaklda;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari;

- vazirlikning “1101” qisqa raqamli Ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish.

Murojaatlar Qonun hujjatlarida belgilangan tartiblarda ko‘rib chiqiladi.